Samarqand öz qoğozi bilan qadimiy Buyuk Ipak yölida maşhur bölganini bilasizmi? Undan ayni paytda dunyoning turli davlatlaridagi hattotlar va musavvirlar foydalanişayotganini-çi?

Jahonning köplab davlatlarida qadimdan qoğoz tayyorlaş texnologiyasi bölgan. Misrda papirusdan tayyorlangan qoğozlar, şarqda xitoy va yapon qoğozlari bunga misol böla oladi. Samarqand ipak qoğozi esa özining umrboqiyligi, silliqligi, har ikki tomoniga ham yoziş mumkin bölganligi, suvda ivimasligi va ayniqsa öziga xos şaqirlaşi bilan şuhrat qozongan.

Kun.uz ijodiy guruhi Samarqand tumanidagi Konigil qişloğida böldi. Bu yerda Samarqand qoğozi işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «Konigil Meros» hunarmandçilik korxonasi faoliyat körsatmoqda. Uning rahbari Zarif Muxtorovning aytişiça, 1994 yilda YuNeSKO taşabbusi bilan Buxoroda ötgan xalqaro konferensiyada ilk bor Samarqand qoğozi haqida gap boradi. Samarqandda qoğoz işlab çiqarilmayotganiga qariyb ikki asr bölib qöygan edi.

Zarif Muxtorov qadimiy kitoblarni, ensiklopediyalarni titadi. Samarqand qoğozini işlab çiqariş texnologiyasini tiklaş böyiça naq beş yil öz uyida tajriba ötkazadi va nihoyat öz maqsadiga erişadi.

Samarqand qoğozi işlab çiqarişning sirli joyi yöq: bir yillik tut novdalari kesiladi, ular suvda 4 kun ivitiladi. Keyin pöstloği novdalardan ajratiladi. Ajratilgan pöstloqning qobiği piçoqda şilinadi. Içki qismi 4 soat davomida qaynatiladi. Pöstloq yumşoqlaşadi. Söngra u suvda yuvilib, tegirmonda 8-10 soat mobaynida yançiladi. Yançilgan massa suvga solinadi va qözğalganda titilib ketadi. Elaksimon formada u tutib olinadi. Tut pöstloğidagi tolalar biri birining ustiga yotib, töqima hosil qiladi. Uni sönggi suv tomçilaridan siriqtiriş uçun press ostiga qöyiladi. Hali nam qoğoz taxta sirt yoki deraza oynasiga yopiştirib, quritiladi.

Söngra 2-3 soat davomida agat toşi, dengiz çiğanoği, qoramol şoxi kabi vositalar yordamida qoğozning har ikki tarafi hafsala bilan silliqlanadi.

Zarif Muxtorovning aytişiça, xorijlik mutaxassislar bu yerda tayyorlangan qoğozning strukturasini mikroskop ostida puxta örganib çiqib, qadimiy Samarqand qoğozi töliq tiklanganini ta'kidlaşgan.