Kursilar işlab çiqaruvçi Aviointeriors italyan kompaniyasi samolyotlarning yölovçilar siğimdorligini oşiriş uçun tik turgan holda ketişga möljallangan örindiqlar dizaynini işlab çiqdi.
Bunday örindiqlarning yangi modeli Skyrider 2.0 Gamburgda ötgan Aircraft Interiors Expo 2018 anjumanida taqdim qilindi. Kompaniyaning ta'kidlaşiça, bunday turdagi örindiqlar samolyot salonida örindiqlar orasidagi masofani kamaytiriş va köproq örindiqlar joylaş maqsadida ixtiro qilingan.
Skyrider’ning dastlabki dizayni egarga öxşagan va 2010 yilda öylab topilgan. Biroq AQŞning fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi bu ğoyani qabul qilmagan. Biroq Aviointeriors vakillari kovboylar otlari ustida noqulaylik sezmagan holda bir neça soatlab ötirişganini ta'kidlab ötgan. Şu tariqa, bunday örindiqlar qisqa davom etuvçi parvozlar uçun juda mos keladi va aviakompaniyalar daromadi oşişiga imkon beradi.
Skyrider 2.0 örindiqlarining har bir qatori örindiqlar örtasidan ötuvçi vertikal ustunlar bilan mahkamlangan. Bundan taşqari, örindiqning yaxşilangan modeli qöşimça yumşoq qoplamaga ega.
2017 yil iyulda Kolumbiyaning VivaColombia byudjyet aviakompaniyasi samolyotlarga köproq yölovçilarni joylaş uçun vertikal örindiqlar joriy qiliş haqidagi fikrni bildirgan.

















