Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni mamlakatimizda taşrif bilan bölib turgan Koreya Respublikasi taşqi işlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi köp asrlik döstlik riştalari mustahkamlanib, strategik şeriklik munosabatlari izçil rivojlanayotganini çuqur mamnuniyat bilan ta'kidladi.
Suhbatda 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tarixiy taşrif hamda uning yakunida erişilgan muhim kelişuvlar Özbekiston – Janubiy Koreya özaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş va aniq amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilgani alohida qayd etildi.
Mamlakatlarimiz örtasidagi savdo körsatkiçlari izçil ösib bormoqda. Janubiy Koreya Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalar hajmi 7 milliard dollardan oşdi. «Posko-DEU», «JiES», «Evergrin», «Yanguan» va boşqa köplab kompaniyalar bilan birgalikda qiymati 5 milliard dollardan ortiq yangi investitsiya loyihalari işlab çiqilmoqda.
Joriy yilning fevral oyida Toşkentda yangi formatda savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari böyiça birinçi qöşma hukumatlararo uçraşuv muvaffaqiyatli ötkazildi.
Soğliqni saqlaş, maktabgaça ta'lim, şahar boşqaruvi, energetika, iqtisodiyotning boşqa tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirişda Janubiy Koreyaning ilğor tajribasi, ilmiy yutuqlari va texnologiyalaridan foydalanişga qaratilgan qöşma dasturlar faol amalga oşirilmoqda.
Koreya Respublikasining yetakçi mutaxassislari mamlakatimiz vazirliklari, idora va hokimliklari tomonidan maslahatçi sifatida jalb etilmoqda. Gumanitar, ta'lim va turizm sohalarida almaşinuvlar kengaymoqda.
Uçraşuvda davlatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Özbekiston Respublikasi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In tomonidan Koreya yarimoroli va butun mintaqada tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaş borasida amalga oşirilayotgan siyosatni töliq qöllab-quvvatlaşi ta'kidlandi.
Prezidentimiz rejalaştirilayotgan oliy darajadagi uçraşuvlar mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etişi va yangi istiqbolli kelişuvlarga erişişni ta'minlaşiga işonç bildirdi.














