Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yaşovçi fuqaro O.D. 2017 yilning mart oyida “Aviasozlar” bozoridagi notaniş sotuvçidan 3 xil turdagi 18 kg qöziqorin sotib olgan, deb xabar bermoqda FVV axborot xizmati.
O.D. qöziqorinlarni kuz-qiş mavsumida iste'mol qiliş uçun uy şaroitida konservalab saqlab qöyadi.
Sentyabr oyida, aniqroği 12 sentabr kuni fuqaro O.D. konservalangan qöziqorinlarni bir qismini “Oloy” bozorida sotadi. Aynan şu kundan Soğliqni saqlaş vazirligining Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş institutiga ovqatdan zaharlaniş taşxisi bilan bemorlar kela boşladi. Jami 7 nafar bemor davolaniş uçun kelib, ulardan bir nafari – M.K. oğir zaharlaniş bilan vafot etgan.
Yaşnobod tuman sudining mazkur tumanda joylaşgan 61-sonli maktabda ötkazilgan sayyor yiğilişida fuqaro O.D. böyiça sud hukmi öqildi.
Jabrlanuvçilarning da'vosi yöqligi va boşqa yengillaştiruvçi holatlar inobatga olinib sudlanuvçiga nisbatan tayinlangan 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 1 yilu 6 oy sinov muddatiga almaştirildi.
















