Turkiya boş vaziri Binali Yildirim Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tomonidan muddatdan avval prezident va parlament saylovlari ötişi e'lon qilinişi sababli öz lavozimini tark etişga tayyorligini ma'lum qildi.
Erdöğan 18 aprelda Turkiyada muddatdan avval saylovlar 2018 yil 24 iyunda ötişini e'lon qildi. Uning aytişiça, bu prezident boşqaruv tizimiga tezroq ötiş uçun kerak. Bu tizimga köra ijroiya hokimiyati rahbari prezident böladi, boş vazir lavozimi esa tugatiladi.
“Mendan yangi hukumatda lavozimim bölmasligiga qanday munosabatda ekanligimni söraşadi. Ularga davlatim kelajagi mening şaxsiy kelajagimdan ança muhimroqdir, deb javob qaytaraman. Bugungi kungaça gap mamlakat foydasi haqida ketganda, öz şaxsiy manfaatlarim va ambitsiyalarimni çetga surganman”, deb aytgan Yildirim jurnalistlarga.
Turkiyada navbatdagi prezident va parlament saylovlari 2019 yil 3 noyabrga belgilangandi. Şundan keyin 2017 yil apreldagi referendumda qabul qilingan prezident tizimi haqidagi qoida kuçga kirişi kerak edi.

















