18.04.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi ÖRQ–476-son qonun (52-moddasi) bilan Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Soliq imtiyozlari joriy etilmoqda
2018 yil 19 apreldan boşlab:
1) Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan töliq uzib qöyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvçi şaxslar – muqobil energiya manbalari örnatilgan oydan e'tiboran uç yil muddatga jismoniy şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan (Soliq kodeksining 275-moddasi) va jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliğidan (Soliq kodeksining 290-moddasi) ozod qilinadilar.
Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan töliq uzib qöyilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalaniş töğrisida energiya ta'minoti taşkilotlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma mazkur imtiyozni beriş uçun asos böladi.
2) YaST böyiça soliq solinadigan baza (Soliq kodeksining 356-moddasi) turistik faoliyat sub'yektlari uçun – turistik xizmatlarni onlayn-bronlaştiriş va sotiş böyiça dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etişga yönaltirilgan mablağlar summasiga kamaytiriladi.
2018 yil 19 iyuldan boşlab:
1) Paxta yiğim-terimi böyiça qişloq xöjaligi işlariga jalb qilingan jismoniy şaxslar tomonidan bu işlarni bajarganlik uçun olinadigan daromadlarga yagona ijtimoiy tölov va suğurta badallari hisoblanmaydi (Soliq kodeksining 308-moddasi).
2) Köp tarmoqli fermer xöjaliklari – yagona yer soliği tölovçilar, köp tarmoqli fermer xöjaliklari reyestriga kiritilgan kundan boşlab qişloq xöjaligi mahsulotini yetiştiriş bilan boğliq bölmagan boşqa daromad turlari böyiça YaSTni tölaşdan beş yil muddatga ozod etiladi.
Ayrim normalar tarkibi kengaytirildi
1) Soliq solinmaydigan yer uçastkalari jumlasiga tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (xöjalik faoliyati yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) – tegişli muassasalar va taşkilotlarga doimiy foydalanişga berilgan moddiy madaniy meros obektlari, xotira boğlari egallagan yerlar kiradi (Soliq kodeksining 282-moddasi).
Yangi soliq imtiyozlari aprel va iyul oylaridan amal qila boşlaydi
21:26 / 20.04.201838 9644 min

















