Kuba Milliy assambleyasi deputatlari yiğilişida Migel Dias-Kanel Davlat kengaşi rahbari etib tasdiqlandi. U endi Vazirlar kengaşining ham yangi raisi, mamlakatning yangi rahbari böldi.

Dias-Kanel şu kungaça Davlat kengaşi raisi Raul Kastroning birinçi örinbosari edi. Bir kun oldin Kubaning bir palatali parlamentida ovoz beriş jarayoni ötkazildi, bugun natijalar e'lon qilindi.

Dias Kanel 604 ovozdan 603tasini olgan (99,83 foiz). Unga Salvador Valdes Mesa birinçi örinbosar böladi.

Bundan taşqari, raisga yana beş örinbosar saylangan: Ramiro Valdes Menendes, Roberto Tomas Morales Oxeda, Gladis Mariya Bexerano Portela, Ines Mariya Çapman va Beatris Jonson Urrutiya. Omero Akosta Davlat kengaşi kotibi böldi.

Milliy assambleyadagi çiqişi vaqtida Dias-Kabel Kastroning yölini davom ettirişni va'da qilgan. Uning sözlariga köra, Kuba Kommunistik partiyasi - millat birligining «yagona kafolati» sanaladi.

Şu tariqa inqilobiy Kuba tarixi bilan boğliq bölgan Kastrolar davri öz nihoyasiga yetdi.