AQŞ senati Oklaxoma ştatidan respublikaçi kongressmen Jyeyms Braydenstaynni NASA direktori lavozimiga tayinladi. Bu haqda idora saytida xabar berilgan.

«Men bunday imkoniyat paydo bölganidan çuqur minnatdorman va prezident Donald Tramp hamda vitse-prezident Maykl Pensga işonç uçun rahmat deyman. Men NASA’ning buyuk jamoasi bilan işlaş imkoniyatini orziqib kutmoqdaman», - deya ma'lum qildi u.

Braydenstayn 2012 yilda kongressmenga aylangan. U qurolli kuçlar, ilm-fan, kosmos va texnologiyalar böyiça qömita a'zosi bölgan, töqqiz yil davomida dengiz aviatsiyasida xizmat qilgan.