Yaponiyalik olimlar plastikni bir neça kun içida yöq qiluvçi fermentni yaratişdi. Bu bakteriya ayniqsa butilkalar uçun qöllanuvçi plastikni tez qayta işlaydi.
Yaponiyada 2016 yilda çiqindixonada plastikni oddiy usuldagidan ming marta tezroq yutuvçi bakteriyalar aniqlangan. Olimlar ferment strukturasini sintezlay olişgan va u polietilentereftalatni (PET) original bakteriyadan köra yaxşiroq yuta boşlagan. Biologlar bakteriya plastikning qolgan turlarini ham tezroq qayta işlay olişi uçun uni yaxşilaşmoqçi.
Kelgusida ferment plastikni uni yana qayta işlab çiqarişda qöllaş mumkin bölgan hosilalarga parçalaşi mumkin. Bu bilan esa dunyoda neft iste'moli, zararli çiqindilar va axlat uyumlari miqdori kamayadi. Bundan taşqari, irsiy modifikatsiyalar yordamida fermentni 70 darajadan yuqoriroq haroratga bardoşli ekstremofil bakteriyalarga ötkaziş mumkin. Bunday haroratda PET eriydi va bunday şaklda 100 marta tezroq parçalanadi.
Har yil dunyo okeaniga 8 mln tonna plastik taşlanadi. Dunyo okeanini çiqindilardan tozalaş böyiça bir neça loyiha mavjud. Ulardan biri The Ocean Cleanup kompaniyasi çiqindilarni yiğiş uçun suzib yuruvçi tösiqlar örnatmoqçi. Bu tösiqlar 5 yil içida Tinç okeani katta çiqindi doğ deb ataluvçi çiqindilar uyumini 50 foizgaça tozalay oladi. Bu doğ Gavayi va Kaliforniya örtasida joylaşgan bölib, bu yerda plastik çiqindilar şamol va okean oqimlari tufayli töplanadi.

















