Anqara sudi 47 nafar harbiyni Turkiyada 2016 yil iyulda yuz bergan davlat töntaruviga urinişdagi iştiroki uçun umrbod qamoq jazosiga tortdi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, 27 kişi, jumladan 2 general qamoqda saqlanişning qattiqqöl şaroitlarini, qolgan 20 kişi esa oddiy şaroitlarni nazarda tutuvçi jazoga tortilgan. Bundan taşqari, 217 kişi “konstitutsiyaviy tuzumni özgartirişga kömak beriş va uriniş” uçun 12 yildan 20 yilgaça qamoq jazosiga mahkum qilinganlar. Jazolanganlar Anqaradagi artilleriya-raketa maktabida va artilleriya brigadasida xizmat qilişgan. Şuningdek, sud uşbu iş böyiça ötgan 64 gumonlanuvçi, jumladan 63 harbiyni ozod qilgan.

















