Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunni imzoladi.
Uşbu hujjat Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 26 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma'qullangan.
Hujjat bilan «Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 9ta moddasiga özgartiş va qöşimça kiritildi. Qonun 71-modda bilan töldirildi. Şuningdek, 16-moddada körsatilgan normalar qonunning 2-moddasiga köçirilgani sababli çiqarib taşlandi.
Uşbu Qonunning maqsadi jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Qonunning 3-moddasida jurnalist maqomi belgilab berilgan.
Jurnalist mehnatga oid yoki boşqa şartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uçun xabarlar va materiallarni töplaş, tahlil etiş, tahrir qiliş, tayyorlaş hamda tarqatişga doir faoliyatni amalga oşiruvçi şaxsdir.
«Zamonaviy professional jurnalistlik faoliyatni yuritiş amaliyotini örganiş şuni körsatmoqdaki, muayyan mavzu böyiça axborot tayyorlaş jarayonida axborotni izlaş, yiğiş, tahlil qiliş, tahrir qiliş, tayyorlaş va tarqatiş jurnalistlik faoliyatning ajralmas qismidir».
Şuningdek, xorijiy qonunçilikni örganiş jarayonida ma'lum böldiki, jurnalist özining kasbiy faoliyatini amalga oşirişda nafaqat axborotni yiğiş, tahlil qiliş, tarqatiş bilan, balki muayyan mavzuda axborotni tahrir qiliş va tayyorlaş bilan ham şuğullanadi.
Lekin amaldagi taxrir zamonaviy jurnalist kasbiy faoliyatining ajralmas qismi xisoblangan axborotni tahrir qiliş hamda tayyorlaş kabi funksiyalarini qamrab olmagan edi, şu sababli jurnalistning maqomi kengaytirildi. Kiritilgan özgartişga köra «Jurnalist mehnatga oid yoki boşqa şartnomaviy munosabatlar asosida ommaviy axborot vositalari uçun xabarlar va materiallarni töplaş, tahlil etiş, tahrir qiliş, tayyorlaş hamda tarqatişga doir faoliyatni amalga oşiruvçi şaxs» hisoblanadi», deyiladi Adliya vazirligi matbuot xizmati şarhida.
Qonunning senzuraga yöl qöyilmasligi borasidagi

















