20 aprel kuni AQŞ Davlat departamenti 2017 yil davomida Inson haq-huquqlariga oid amaliyot hisobotini e'lon qildi. Hisobotni Davlat kotibi vazifasini bajaruvçi Jon Sallivan taqdim etdi.

Foto: State.gov / Jon Sallivan

Unga köra, AQŞ butun dunyo böylab inson huquqlarini himoya qiliş, erkinlik va ozodlikni ta'minlaşda kamarbasta bölişi ta'kidlangan. AQŞ Davlat kotibi vazifasini bajaruvçi Jon Sallivan nutqi davomida inson huquqlari sohasida ijobiy tendensiya kuzatilayotgan mamlakatlar qatorida Özbekistondagi özgarişlarga ham munosabat bildirdi.

«Mamlakatda qilinişi kutilayotgan işlar köpligiga qaramay, Özbekiston inson huquqlarini himoya qilişga xizmat qilayotgan strategik islohotlar dasturini qabul qildi. Sakkiz nafar mahbusning (jurnalist va siyosiy faollar nazarda tutilmoqda - tahr.) ozod etilişi şu ijobiy özgarişlar jumlasidandir», deydi u.

Hisobotda Rossiya, Turkiya, Venesuela bilan yuz berayotgan siyosiy özgarişlar tanqid qilingan. Amaldor Magnitskiy röyxatiga kiritilişi nazarda tutilgan bandlar böyiça qisqa ma'lumotlar berdi.