AQŞ va Yevropa ittifoqining aviatsiya sohasidagi mutasaddi idoralari Southwest Airlines aviakompaniyasi samolyoti bilan yuz bergan avariyaviy holatdan keyin 700 taga yaqin Boeing-737 samolyotidagi dvigatellarni tekşirişga qaror qilişdi.
AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi 20 aprelda faqatgina ma'lum modeldagi dvigatellar tekşirilişini ma'lum qilgan. “CFM56-7B modifikatsiyasidagi dvigatellar tekşiruvi 20 kun içida ötkazilişi kerak”, deyilgan boşqarma bayonotida.
Xuddi şunday çoralar Yevropa ittifoqida körildi.
Dvigatellarni işlab çiqaruvçi CFM International kompaniyasi bu qarorni ijobiy qarşilagan va dvigatellar tekşiruvida iştirok etiş istagini bildirgan.
17 aprelda Southwest Airlines samolyoti dvigatellaridan biri portlagandan keyin Filadelfiyada favqulodda qönişni amalga oşirgan. AQŞning transportdagi xavfsizlik milliy komissiyasi ma'lumotlariga köra, dvigatel potlaganda uning rotori bölagi illyuminatorni sindirgan, şundan keyin singan oyna oldida ötirgan ayol yölovçi hosil bölgan teşikdan yarmiga taşqariga çiqib ketgan. Boşqa yölovçilar ayolga yordamga kelib, uni salonga tortib olişgan. Biroq ayol olingan jarohatlardan vafot etgan. Dvigatelning portlaşi sabablari hozirça örnatilmagan.












