AQŞ Adliya vazirligi törtta eng yirik mobil aloqa operatorini özaro til biriktirişda gumonlamoqda. Bu haqda CNBC öz manbalariga asosan xabar berdi.

Ularning ma'lumotiga köra, mahkama joriy yilning fevral oyida AT&T, Verizon, T-Mobile va Sprint operatorlariga xat yuborgan.

Adliya vazirligining gumoniga köra, ular operatorni SIM-kartasiz  özgartiriş imkonini beruvçi texnologiyalar bozorga kirib kelişiga xalaqit beriş maqsadida özaro til biriktirgan.

The New York Times ma'lumotiga köra, suriştiruv işlari mobil qurilma işlab çiqaruvçilaridan biri va operatorlardan biri şikoyat bilan çiqqanidan söng boşlangan.