2017 yilning 15 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etiş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Videoselektorda davlat rahbarining omma oldida xalq uçun jon kuydirib sözlaganiga qaramasdan hali-hamon mahallalarda yaşayotgan aholi örtasida, eng açinarlisi oiladagi turli nizo va kelişmovçiliklar sababli qotilliklar soni tobora ortib bormoqda.
Aprel oyining birinçi kunidan boşlab respublikamiz hududida oilalardagi ziddiyatlar oqibatida aka singlisini, er ayolini, öğil öz otasini, xotin erini, öğil ona va ukasini kaltaklab vahşiyona öldirgan yoki kelin qaynonasining tazyiqlaridan bezib özini osgan. Bu kabi ölim holatlarining balki, qançadan-qançasi OAVda e'lon qilinmasdan fojia sifatida ommadan sir tutilayotgan bölişi mumkin. Ammo bular orasida eng dahşatlisi uç yoşga tölmagan farzandini böğib öldirgan ona nomiga doğ tuşirgan ayolga nima deyiş mumkin?
Mamlakatimiz istiqboli uçun naf keltiradigan murğak qalb egasini bevaqt öldirişga onaning nima xaqi bor? Butun jahon hamjamiyati tomonidan özbek millati bolajon xalq deb turgan bir vaqtda, ayol dunyoga keltirgan bolasiga vahşiy ölimni ravo körsa. Onaning farzandini böğiş jarayonidagi mungli qaraşlari, xayot uçun kuraşib nolali yolvoriş holati köz oldiga, xayoliga kelmadimikan? Har bir işning amalga oşirilişida ma'lum bir sabab va muammolar bölişi tayin. Lekin nima bölgan taqdirda ham ona öz farzandining qotiliga aylanişi bu jaholatdir.
Biz hozir barça aybni ayolning gardaniga qöyişimiz ham nojoizdir. Balki mahalla fuqarolar yiğini raisi vazifasini vaqtida vijdonan ado etganida ayolning oilasida ajrim yuzaga kelmasmidi? Kelin turmuş örtoğining uyidan ketmaganida norasida bolaning hayotiga zulm qilinmasmidi? Ayol oilasidan, yaqinlaridan muammoli vaziyatda yordam kutsa-da, bu masalada unga heç kim kömak bermasa. Nima qiliş kerak? Inson psixologiyasida ba'zan muammoli yeçimlarga kimdir irodasining mustahkamligi tufayli vaziyatdan oqilona çiqib ketişga xarakat qiladi. Yana kimdir ma'naviyati sustligi va bilimsizligi sabab, aybni taqdirga yöyib vahşiyliklar, qinğir yöllarni tanlaşni öziga töğri deb biladi.
Biz ayolning oilasida qanday çigal vaziyatlar bölganiga guvoh emasmiz. Ammo yaqinlari uning jar yoqalab ketayotganini köra bila turib, nega unga yordam qölini çözmaganini oğriqli nuqta, deb hisoblayman.
Balki ayolning qaynonasi, öğliga kelinining faqat kamçiliklarini rökaç qilib, oilada janjal bölişi yöl qöymasdan, yangi kelin olişni emas, aksinça, nabirasi tirik yetim bölmasligi uçun oilani saqlab qolişi ham mumkin ediku? Yoki aksinça qizi xato qilib oilasidan ajraşibdi, ona nega uni ayol boşi bilan köçada qoldirişni afzal körmoqda. Masalaning yana bir tomoni har ikki oilada ham erkaklar bor. Nega qizning otasi ayolining qat'iy sözi uçun farzandini köçada xor bölişiga indamay jim qarab turibdi, yana biri esa gödakning otasi böla turib jufti halolini köça-kuyda uy izlab yurişiga erkaklik ori kelmayapti. Bu mudhiş voqea şunday darajada avj olişga borib yetibdi, ayol omma oldida özini oqlab farzandim baribir oç va uysiz köçada xor bölib ölişi mumkin edi, deya andişasizlarça hisobot bermoqda. Ammo uning bu işi ayollik şa'niga naqadar zid ekanligini, qotil ona maqomini oliş razolatliginida anglab yetmasa.










