Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 20 aprelda muddatdan avvalgi prezident va parlament saylovlari munosabati bilan öz saylovoldi kampaniyasi boşlanişini e'lon qildi.   

Erdöğan 18 aprelda Turkiyadagi muddatdan avvalgi prezident va parlament saylovlari 24 iyunda bölib ötişini e'lon qilgandi. Uning aytişiça, bu hokimiyatning prezident tizimiga tezroq ötişi uçun zarur.

“Bizning kampaniya boşlandi. Manifest Istanbulda Adolat va rivojlaniş partiyasining kongressida eşittiriladi. Milliy harakat partiyasi (Adolat va rivojlaniş partiyasining alyans böyiça hamkori) ham biz kabi şu yönalişda işlamoqda”, deb aytgan Erdöğan jurnalistlarga.