Yevroittifoq Şimoliy Koreya hukumatining yadro sinovlari va qit'alararo ballistik raketalar uçirilişini töxtatiş haqidagi qarorini ma'qullaydi. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma'lum qildi.

«KXDR yetakçisi Kim Çen Inning töxtatiş... va yadroviy poligonni yopiş böyiça bayonoti ijobiydir», - deyiladi xabarda.

Mogerinining qayd etişiça, YeIda Kim Çen Inning Janubiy Koreya hamda AQŞ yetakçisi Mun Çje In va Donald Tramp bilan oliy darajadagi uç tomonlama uçraşuvini, şuningdek, Amerika hamda Şimoliy Koreya rahbari örtasidagi uçraşuvni intiqlik bilan kutişmoqda.

«Biz umid qilamizki, oliy darajadagi bunday taşabbuslar bundan keyin ham işonçni mustahkamlaydi va qöşimça aniq hamda ijobiy natijalarni olib keladi», - deya ta'kidlab ötdi u.

Şu bilan birga, YeI KXDRga nisbatan sanksiyalar va oçiq aloqa kanallari uyğunligidagi kuçli bosim aralaş siyosatni saqlab qoladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini töxtatayotgani, şuningdek yadroviy sinov maydonçasini yopayotgani haqida ma'lum qildi.