Zimbabvening Little Makololo milliy boğida sayyohlar tomonidan uç şerning filçaga hamlasi tasvirga olindi. Rolik YouTube’da joylaştirilgan.
Voqea guvohi bölgan sayyohlardan birining aytişiça, filça şerni körib, ökirib uni qörqitmoqçi bölgan, biroq bu yirtqiçni çöçita olmagan. U filça ustiga sakrab, uni yerga qulatgan.
“Filça har qanaqasiga oyoqqa turib olişga urinardi, biroq buning uddasidan çiqa olmasdi. Keyin yana ikkita şer qöşildi. Yirtqiçlar öz hayoti uçun 3 soat kuraşgan filçani öldirmoqçi bölganlarini kuzatiş juda ayançli edi”, deb aytgan sayyoh.
Orada katta fil kelib yirtqiçlarni haydab yubormoqçi bölgan, biroq yirtqiçlar baribir “niyatlari”ga yetib, filçani ölja qilişgan.
















