Armanistonda namoyişlarning yettinçi kuni davom etmoqda. Namoyişçilar sobiq prezident, mamlakatni 10 yil boşqargan Serj Sargsyan lavozimdan ketişdan oldin respublikani parlamentar boşqaruv tizimiga ötkazib, endi boş vazir bölib olganidan norozi va u öz örnini tark etişini talab etişmoqda. Muxolifat Sargsyanni uzurpatorlikda ayblamoqda va mamlakatda «Baxmal inqilobi» e'lon qilgan.

13 aprel kunidan buyon Yerevanda davom etayotgan namoyişlar 16-17 aprel kunlaridan kuçaydi. Şu kunlarda Sargsyan nomzodi boş vazirlik uçun ilgari surildi va parlament uni boş vazir etib sayladi.

Ayni vaqtga kelib politsiya bilan töqnaşuvlardan keyin qölga olingan namoyişçilar soni 200 nafardan oşgan.

Köçalarga asosan yoşlar çiqmoqda, poytaxtdagi universitetlar va institutlarga talabalar borişmayapti.

Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan
Foto: TASS, Artem Geodakyan