Hindiston olimpiya assotsiatsiyasi rahbari Narinder Batraning ma'lum qilişiça, mamlakatda 2032 yilgi yozgi Olimpiya öyinlarini ötkaziş uçun murojaat yuboriş niyatida.
«Biz 2026 yilgi ösmirlar örtasidagi Olimpiya öyinlari, 2030 yilgi Osiyo öyinlari va 2032 yilgi Olimpiya öyinlarini ötkazişga murojaat yuboriş niyatidamiz. Biz murojaatlarimiz yutib çiqişi yoki çiqmasligini bilmaymiz, biroq yirik musobaqalarga aloqador bölişni xohlaymiz», - deya Batraning sözlarini keltiradi Inside The Games.
Şu bilan birga, 2032 yilgi Öyinlar aynan qaysi şaharda ötkazilişi möljallanayotgani noma'lum.
Ta'kidlab ötiş joizki, Hindiston Olimpiadani qabul qiliş niyatida ekanini eşitgan Xalqaro olimpiya qömitasi rahbari Tomas Bax bundan hayratga tuşgan. Uning sözlariga köra, mamlakat Öyinlarni ötkaziş uçun yuqori salohiyatiga ega, biroq Hindistonning musobaqalarni ötkaziş istiqbollari haqida gapirişga hali erta, sababi Olimpiada-2032ga murojaatlar yuboriş hozirça oçiq emas.












