Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov hukumatning yangi a'zolarini tayinladi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi apparatining axboriy siyosat bölimi xabar bergan.
Ma'lum qilinişiça, prezident quyidagi tayinlovlar haqidagi farmonini imzolagan:
Apparat rahbari — Murat Mukambetov.
Taşqi işlar vaziri — Erlan Abdildayev.
Içki işlar vaziri — Qaşqar Junuşaliyev.
Adliya vaziri — Aynur Abdildayev.
Moliya vaziri — Adilbek Kasimaliyev.
Iqtisodiyot vaziri — Oleg Pankratov.
Qişloq xöjaligi vaziri — Nurbek Muraşev.
Transport va yöllar vaziri — Jamşitbek Kalilov.
FVV rahbari — Nurbolot Mirzaxmedov.
Fan va ta'lim vaziri — Gulmira Xudayberdiyev.
Soğliqni saqlaş vaziri — Kosmosbek Çolponbayev.
Madaniyat, axborot va turizm vaziri — Sultanbek Jumagulov.
Mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vaziri — Taalaykul Isakunov.
Mudofaa işlari böyiça davlat qömitasi rahbari — Erlis Terdibekov.
Sanoat, energetika va yer osti boyliklaridan foydalaniş qömitasi raisi — Ulanbek Riskulov.
Axborot texnologiyalari va aloqa davlat qömitasi raisi — Bakit Şarşembiyev.
Milliy xavfsizlik davlat qömitasi — Idris Kadirkulov.
Eslatib ötamiz, 19 aprel kuni Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isoqov hukumatining iste'fosi töğrisidagi farmonni imzoladi. Farmonga köra, boş vazir, boş vazir örinbosarlari lavozimini egallab turgan şaxslar, hukumat a'zolari yangi vazirlar mahkamasi şakllantirilgunga qadar iste'foga çiqdi. Prezident farmoni darhol kuçga kirdi.
Avvalroq Qirğiziston parlamenti deputatlari boş vazir Sapar Isoqov boşçiligidagi hukumatga işonçsizlik votumi bildirgandi. Parlament yiğilişi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga işonçsizlik bildirgan, faqat 5 kişi joriy hukumatni yoqlagan.
Muhammadkali Abilgaziyev Qirğizistonning 30-boş vaziri böldi. Yangi hukumatda unga Kubatbek Boronov birinçi örinbosar böladi. Murat Mukambetov hukumat apparati boşliğiga aylandi. 3 nafar boş vazir örinbosarlari almaşgan: Dair Kenekeyev örnini Zamirbek Asqarov, Sanjar Mukanbetov örnini Jyeniş Razakov, Çolpon Sultanbekova örnini Altinoy Omurbekova egallagan.












