Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Sapar Isoqov hukumatining iste'fosi töğrisidagi farmonni imzoladi. Qaror bugun qabul qilindi.

Farmonga köra, boş vazir, boş vazir örinbosarlari lavozimini egallab turgan şaxslar, hukumat a'zolari yangi vazirlar mahkamasi şakllantirilgunga qadar iste'foga çiqadi. Prezident farmoni darhol kuçga kirdi.

Avvalroq Qirğiziston parlamenti deputatlari boş vazir Sapar Isoqov boşçiligidagi hukumatga işonçsizlik votumi bildirgandi. Parlament yiğilişi vaqtida 101 nafar deputat 2017 yil avgustida tayinlangan hukumatga işonçsizlik bildirgan, faqat 5 kişi joriy hukumatni yoqlagan.

Hukumatga işonçsizlikni ifoda etiş taşabbusi qirğiz parlamentining 40 nafardan ortiq deputati (jami 120 deputat) tomonidan ilgari surilgan. Bu esa uşbu mavzuni parlamentda muhokamaga qöyiş uçun yetarli böldi. Payşanba kuni parlamentning Konstitutsion qonunçilik qömitasi deputatlarning uşbu taşabbusini qöllab-quvvatladi.