Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida»gi farmoni imzolandi. Hujjatning töliq matni matbuotda e'lon qilindi.
Mazkur Farmon uy-joyga doir huquqlarning amalga oşirilişi va aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratiş, yer uçastkalaridan oqilona va samarali foydalaniş, şuningdek, fuqarolarga tegişli bölgan turar joylarni davlat röyxatidan ötkazişda kömaklaşiş maqsadida qabul qilingan.
Farmon bilan fuqarolarning özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylariga nisbatan mulk huquqini e'tirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi e'lon qilindi.
Unga köra, 2019 yil 1 maygaça mazkur Farmon qabul qilingan vaqtga qadar quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida yoki imorat quriş uçun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga, ya'ni özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi uşbu obektga öz şaxsiy mulki kabi halol, oşkora va uzluksiz egalik qilayotgan şaxsga quyidagi şartlar asosida:
uşbu yer uçastkasi (uçastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq turar joy quriş uçun ajratilişi mumkin bölmagan yer maydonida joylaşmagan bölsa;
özboşimçalik bilan qurilgan imorat şaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzmayotgan bölsa, şuningdek, uning saqlab qolinişi boşqa şaxslarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirmasa e'tirof etiladi.
Farmonda, özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e'tirof etilmaydigan aniq holatlar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanişi nazarda tutildi.
Özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi:
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan taşkil etiladigan Köçmas mulkka nisbatan huquqni e'tirof etiş işlarini taşkil etiş böyiça komissiyaning taqdimnomasiga köra tuman (şahar) hokimining qarori bilan;
umumiy mulk huquqi haqidagi fuqarolik va oila töğrisidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qiliş şarti bilan;
eng kam iş haqining beş baravari miqdorida bir martalik yiğim tölangandan keyin amalga oşiriladi.
















