AQŞ prezidenti Donald Tramp 2017 yilning yanvarida milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Maykl Flinndan qattiq ğazablangan, sababi u prezidentga Rossiya yetakçisi Vladimir Putinning qönğiroği haqida keç xabar bergan. Bu haqda FQB sobiq rahbari Jyeyms Komi öz yozuvlarida aytib ötgan, ular AQŞ kongressiga taqdim etildi, deb xabar bermoqda Associated Press manbalarga asosan.
The Guardian’ning aniqlik kiritişiça, hodisa Tramp Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey bilan tuşlik qilayotganida röy bergan. Amerika prezidenti Meyga u inauguratsiyadan söng birinçi bölib tabriklagani uçun minnatdorlik bildirdi.
Öşanda suhbatga Flinn aralaşib, birinçi bölib aynan Putin tabriklaş maqsadida qönğiroq qilganiga aniqlik kiritgan. Şuningdek, u Kremlga javob qönğiroği olti kunga keçiktirilganini ham qöşimça qilib ötgan.
Komining ma'lumotlariga köra, Tramp bu sözlardan keyin şunday keçiktiriş uçun qattiq ğazablangan va Flinn soğlom aqlga ega emasligini ma'lum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Suriyada Rossiya qöşinlari bilan yuz bergan «qattiq töqnaşuv» haqida aytgandi.












