O‘zbekiston | 09:46 / 21.04.2018
21641
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston delegatsiyasi O‘zbekistonda tantanali kutib olindi

Joriy yilning 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev, qator madaniyat xodimlari va Xorazm viloyatining xokim o‘rinbosari bilan birgalikda Turkmaniston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiyani chegara hududda tantanali kutib olishdi. 

Turkmanistondan tashrif buyurgan ijodkorlar, san'at ustalari va raqqosalar o‘zbek an'analariga mos ravishda non va shirinliklar bilan kutib olindi. Xorazm ansambl jamoasining sho‘x qo‘shiqlariga esa, mehmonlar birgalikda zavq olib,  shodon raqsga tushishdi.

Eslatib o‘tamiz: Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 23 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan keladi. Prezidentlar poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasiga borib, Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida qatnashishi mo‘ljallangan.

Gurbanguli Berdimuhamedov 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga boradi. Urganch tumanidagi «Ulli hovli» yodgorligi, Xivadagi «Ichan qal'a» majmuasiga tashrif va boshqa madaniy tadbirlar rejalashtirilgan.

Mavzuga oid