Ukraina qurolli kuçlarining harbiy-dengiz kuçlari Qrimga yaqin hududda dengiz sohilini mudofaa qiliş böyiça maşqlar ötkazdi. Bu haqda mahkamaning Facebook’dagi sahifasida xabar berilgan.
«Ukraina qurolli kuçlarining harbiy-dengiz kuçlari dengiz sohilini mudofaa qiliş böyiça maşqlar ötkazdi...», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, dengiz piyoda askarlari şartli raqibning dengiz desanti hujumini qaytariş böyiça vazifalarni bajardi hamda tahdid soluvçi yönalişlarda bölinmalar manyovrini amalga oşirdi.
Öz navbatida, artilleriya bölinmalari ham öquv maşğulotlarini muvaffaqiyatli ötkazgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Rossiyaning «zaif tomoni» haqida ma'lum qilgandi.












