Bugun ijtimoiy tarmoqlarda öquvçi öqituvçi tomonidan oyoq kiyimi bilan döpposlanişi tasvirlangan video tarqaldi.

Ma'lum bölişiça, Urganç şahridagi Avtomobil va yöllar kasb-hunar kollejida yuz bergan voqea deb nomlangan videoda öqituvçi va öquvçining ismi familiyalari keltirilmagan. Biroq, undagi suhbatdan öqituvçi kimyo va biologiyadan dars berişi, öquvçi esa 1-kurs talabasi Şerzod ekani, onasi betobligini bahona qilib, darsdan ketib qolgani, öqituvçi esa uni şu tufayli jazolaganini anglaş mumkin.

Öqituvçi va öquvçi örtasidagi suhbat taxminan mana şu tarzda keçgan.

Öqituvçi: «Keça men şunday siqildim, (ketaman deb) menga aytsang bölardi-ku?»
Öquvçi: «Keça sizni izladim, heç qayerdan topolmadim, keyin...»
Öqituvçi: «Menga aytsang böladiku, onam kasal desang, men tuşunaman-ku?»
Öquvçi: «Tuşunib turibsiz, keça ham onamning ahvoli yomon edi». 
(Öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi)
Öquvçi: «Meni töğri tuşuning, onam kasal dedim-ku?». 
Öqituvçi: «Men tuşunyapman, hatto bölim boşliğiga aytganman, gruppada şunday bola bor, onasi kasal, har doim onasi «bolamni qöllab-quvvatlang» deb aytadi (öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi). Sen menga nega aytmay ketding».
(Öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi).
Öqituvçi: «Otang qayerda?».
Öquvçi: «Rossiyada».
Öqituvçi: «Seni öqitmayman, bugunoq yöqotaman».
Öquvçi: «Keyingi yil boşqa gruppaga ötaman» (öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi).
Öqituvçi: «Seni boşqa guruhga ötkazmayman, jinni bölibsan, men şu yerda işlasam, seni boşqa guruhga ötkazamanmi? Seni özingni yöqotaman. Menga azob berib, boşqa gruppaga ötmoqçimisan. Qarab tur, seni kursda qoldiraman, kimyodan qoldiraman, biologiya ham özimniki, undan ham qoldiraman. (Öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi). Şerzod, seni qoldirib yuboraman! (Öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi). Boşqa gruppaga ötarmiş... Qayerdan çiqdi bu gap? (öqituvçi qöli bilan uradi). Men şu yerda işlasam, seni boşqa gruppaga ötkazmayman, dokumentingni olib, (haydab) yuboraman. (Buni avvalo) mendan söraydilar, boşqa gruppaga ötiş uçun prikaz çiqişi kerak. Kursdan kursga ötmadi degan gap - 1-kursni tugatmadi degan gap» (Öqituvçi oyoq kiyimi bilan uradi).