Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida Ilğor texnologiyalar markazini taşkil qiliş töğrisidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Fanlar Akademiyasi xamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining «Yuqori texnologiyalar öquv-eksperimental markazi» Davlat korxonasini Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markaziga aylantiriş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.
Ilğor texnologiyalar markazining asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni ötkaziş va ilğor texnologiyalar böyiça innovatsion işlanmalarni amalga oşiriş;
dunyo talablari va standartlari darajasida maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajariş, işlab-çiqariş korxonalarida tadqiqot-sinov işlarini bajarişga kömaklaşiş;
olimlar va tadqiqotçilarni hamkorlik qilişga jalb etiş uçun zaruriy şaroitlarni yaratiş, ilmiy hajmdor mahsulotlar va raqobatbardoş mahalliy innovatsion texnologiyalarni yaratiş maqsadida fan, ta'lim va işlab-çiqarişning özaro integratsiyasini ta'minlaş;
iqtisodiyot sohasida ilmiy va oliy ta'lim muassasalarining yangi istiqbolli ğoyalari va innovatsion işlanmalarini şakllantirişga kömaklaşiş, uskunalar va infratuzilmadan hamkorlikda foydalaniş asosida yuqori texnologik innovatsion işlab çiqarişlarni har tomonlama köllab-quvvatlaş;
akademik, oliy ta'lim va tarmoq fanlari bilan hamkorlikning samarali şakllarini rivojlantiriş, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarini bajariş;
xalqaro darajada patentlaş imkoniyatiga ega bölgan ilmiy hajmdor va ilğor texnologiyalarni yaratiş, yangi innovatsion mahsulotlarning namunalarini maketlaştiriş, modellaştiriş, tayyorlaşda va ularni tekşirişda iştirok etiş;
yoş olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar ötkazişning zamonaviy, dunyo amaliyotida ilğor bölgan usul va texnologiyalarini özlaştirişlari maqsadida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat uçun kulay şart-şaroitlar yaratiş;
mahalliy va xorijiy ilmiy va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda, şu jumladan innovatsion faoliyatni taşkil etiş va boşqariş, texnologiyalarning transferi va intellektual mulk obektlarini kommertsializatsiyalaş masalalari yuzasidan ilmiy konferensiyalar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini taşkillaştiriş;











