Diana Yenikeyevaning ölimi, Prezidentning Sayxunoboddagi nutqi, Boş vazirning majburiy mehnat masalasiga bağişlangan selektor yiğilişi, vazirlarning iqrorlari... Sönggi bir oy içida ta'lim tizimi, xususan, öqituvçilar muammolari yana dolzarb masala sifatida kun tartibidan örin oldi (zamonaviy atama bilan aytganda, trendga çiqdi). Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bor: ijobiy tomoni – muammolar aytilyapti, hal qilinyapti. Salbiy tomoni esa hammasi aytilmayapti, demak, oxirigaça hal bölmayapti.
Öqituvçilarning malakasi, obrösi, dars sifati, ta'lim darajasini oşiriş kabi mavzularda söz borar ekan, har narsani öz nomi bilan ataş va boriça sanaş kerak, bölmasa, biz illatning özi emas, oqibatlari bilan kuraşib, vaqtni besamar ötkazaveramiz.
Bugun öqituvçining muammosi faqat majburiy mehnat emas. Uni yöqqa çiqarib, ta'lim tizimini katta balodan xalos etdik, endi hammasi yaxşi böladi, deya özimizni ovutib ketaverişimiz yomon, juda yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Vaqtida atrofliça tahlil qilib, taşxislarni qöyib, kompleks çoralar köriş, öqituvçini darsdan çalğituvçi, obrösiga putur yetkazuvçi, alaloqibat, ta'lim tizimiga zarar beruvçi illatlarning bariga qarşi yoppasiga kuraşiş davri keldi.
Xöş, öqituvçini darsdan, bolalardan nima “öğirlab” olib qöyyapti? Nimalar uni malakasizlantiryapti, obrösizlantiryapti, kasbidan könglini sovityapti?
• Majburiy mehnat. Bu borada köp narsa oydinlaşdi. Demak, ta'lim xodimlarini majburiy mehnatga jalb qiliş bor ekan, bu tan olindi va unga qarşi kuraş boşlandi. Samaralarini kutamiz. Biroq bir yozu bir qişni körmagunça, bu masala hal böldi deyişga erta.
• Qoğozbozlik. Sanang: sinf jurnali, sinf rahbari papkasi, sinf rahbari jurnali, sinf rahbarining tarbiyaviy iş (soat) hujjatlari, öquvçilarning kundalik daftari nazorati, ota-ona bilan işlaş daftari, dars konspekti, yillik reja, pedagogik soat, dars tahlili, fanga oid körgazmalar, past özlaştiruvçilar, böşliq bilan işlaş rejasi va daftari... u yoğiga sabrim çidamadi.
Hayron qolaman, biz XXI asrda yaşayapmizmi yo örta asrlarda? Har tomondan innovatsiyalar inqilobi kuzatilayotgan bir davrda şunça qoğozni kim töldiradi? Öqituvçi-da, albatta, deysiz. Işonamiz. Ammo kim şunça qoğozni öqib çiqadi? Heç kim. Şunçaki qoğozbozlik. Elektron ma'lumotlar bankini yaratiş, audio va videotizimlar örnatiş kabi innovatsion texnologiyalarni joriy etiş orqali şu qoğozlarni 90 foizgaça qisqartiriş mumkin-ku. Juda bölmasa, yordamçi öqituvçi iş örnini yaratiş kerakmikan, agar şunça qoğozni töldiriş çindan ham juda zarur bölsa.











