20 aprel kuni Navoiy viloyati, Navoiy şahrining “Janubiy” mahallasida “Yangi davr farzandlari” nomli davlat-xususiy şerikçilik asosida yangi turdagi 14-nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Viloyat hokimligi taşabbusi bilan “Profi edicition” mas'uliyati çeklangan jamiyati raisi, tadbirkor Bektoş Hotamov tomonidan foydalanişga topşirilgan uşbu muassasa 360 bolajonga möljallangan bölib, bu yerda kelajagimiz egalarining har tomonlama soğlom va barkamol ulğayişi uçun barça şaroitlar muhayyo qilingan. Ayniqsa, kiçkintoylarga öz ona tilidan taşqari rus va ingliz tillarining örgatilişi ota-onalarni xursand qilmoqda.

Xuddi ana şunday yana bir majmua – barça qulayliklarga ega 100 örinli “Qaldirğoç” nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi esa Karmana tumanining “Sardoba” mahallasi hududida oçildi. Tuman hokimligi qöllovi bilan tadbirkor Mavluda Muinova tomonidan rekonstruksiya qilingan maskanning foydalanişga topşirilişi hududdagi ota-onalar uçun quvonçli şodiyonaga aylanib ketdi.

E'tirof etiş joizki, bugungi kunda viloyatda tibbiyot sohasida xususiy sektorni rivojlantiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda. Mazkur tarmoq davlatimiz tomonidan ma'naviy va moddiy qöllab-quvvatlanayotgani uşbu yönalişda öz imkoniyat va tajribalarini işga solişni niyat qilgan soha fidoyilarini ihomlantirmoqda.

Şu kunning özida Navoiy şahrida oçiliş marosimi bölib ötgan “Vagus” xususiy tibbiyot markazi fikrimiz dalilidir. Eng sönggi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan uşbu markazda bankning moliyaviy kömagi bilan 7 yil muddatga 2 milliard 400 million söm kredit evaziga zamonaviy jarrohlik bölimi qad rostladi.

Davlatimiz rahbarining taşabbuslari bilan tuzilgan nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi hisobidan esa 155 ming AQŞ dollariga xorijdan eng zamonaviy sönggi rusumdagi tibbiy jihozlar olib kelib örnatildi.

Buning natijasida qöşimça 54 ta iş örni yaratilib, barça jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş yölga qöyilgani voha aholisi uçun öziga xos qulaylik yaratişi tabiiy. Ayniqsa, tibbiyot markaziga malakali mutaxassislarning jalb etilgani, xususan, xorijlik mutaxassislar va poytaxtimizdagi malakali şifokorlar örtasida doimiy hamkorlik aloqalari örnatilgani aholi salomatligi yölida muhim omil böladi. Ayni paytda bu yerda ikki nafar hindistonlik jarroh faoliyat yuritmoqda.