Telegram asosçisining Rossiya maxsus xizmat vakillari bilan qarama-qarşiligi boy tarixga ega.
Kim bilan va nima uçun? FXX bilan 2011 yildagi norozilik çiqişlari tufayli.
2011 yilda Durov FXXning ommaviy norozilik namoyişlari muhokama qilinayotgan «V Kontakte»dagi bir neça sahifalarni bloklaş haqidagi talabi haqida hikoya qilib bergan. Öşanda u FXX talabnomasi fotosini tilini çiqarib turgan it surati bilan birga e'lon qilib, «Maxsus xizmatlarga guruhlarni bloklaş haqidagi talabiga rasmiy javob», deya izoh yozgan.
Nima bilan tugadi. Durov guruhlarni bloklaşdan boş tortdi.

Foto. Durovning FXX talablarini bajarişni istamasligi haqidagi postiga illyustratsiya, 2011 yil 8 dekabr.
Kim bilan va nima uçun? FXX bilan Ukrainadagi mitinglar tufayli.
2013 yil 3 dekabr. «V Kontakte» Ukrainadagi inqilob bilan boğliq guruhlarning mualliflari va taşkilotçilariga tegişli «qayd qilişda işlatilgan ma'lumotlarni beriş» talabnomasini oladi.
Nima bilan tugadi. «V Kontakte» talabni bajarmadi. Rossiya yurisdiksiyasi ijtimoiy tarmoqning ukrainalik foydalanuvçilariga daxl qilmaydi, deya tuşuntiriş berdi Durov.

Foto. Bu fotoni Durov Kiyevdagi Maydondagi voqealar çoğida özining «V Kontakte»dagi sahifasida e'lon qilgan. 2014 yil 27 yanvyar.
Kim bilan va nima uçun? IIV bilan yöl harakati qoidalari buzilgani uçun
2013 yil 5 aprel kuni Peterburgda Tergov qömitasi öz ma'lumotlariga asoslanib, rulida Durov bölgan oq rangli «Mersedes» yöl harakati qoidalarini buzgan holda, YPX inspektorini urib yuborib, voqea joyidan ğoyib bölganini ta'kidlaydi. Şundan söng, «V Kontakte» ofisida va Durovning uyida tintiv ötkaziladi.





















