"Roskomnadzor" Google qidiruv tizimini qisman blokladi, deya xabar berdi prometheus.ru.

Manbaga köra, idora provayderlarga bloklaş uçun bir neça IP-manzilni yöllagan, ular orasida google.com qidiruv xizmatining boş sahifasi ham bölgan. Manzillar RF Boş prokuraturasining 16 apreldagi qaroriga muvofiq bloklangan. 

Foydalanuvçilar sönggi 24 soatda qidiruv tizimiga kira olmayotganliklari haqida xabar berişmoqda. DownDetector saytidagi xarita ma'lumotlariga köra, Rossiyaning Yevropa qismida, janubiy hududlar, Krasnodar ölkasi, şuningdek Ukraina hududida jiddiy muammolar kuzatilmoqda.

"Roskomsvoboda" ma'lumotlariga köra, hozirda Google'ning 1 581 481 IP-manzili taqiqlangan saytlar reyestrida.