Futbol böyiça Eron terma jamoasi 2018 yilgi jahon çempionatidan avval, Özbekiston terma jamoasi bilan örtoqlik öyinini ötkazadi. Bu haqda Eron mahalliy naşrlari xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, mazkur örtoqlik uçraşuvi joriy yilning 19 may kuni Tehrondagi «Ozodi» maydonida ötkazilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, eronliklar Rossiyadagi turnirga qadar, Turkiya va Gretsiya terma jamoalari bilan ham örtoqlik uçraşuvlari ötkazişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, eronlik futbolçilar JÇ-2018 saralaş öyinlarida Özbekiston terma jamoasi bilan A guruhida bellaşib, özbekistonliklarni ikki marta mağlub etgandi.












