22 aprel oqşomida Armaniston poytaxtida ön minglab kişilar mitingga çiqib, şahar markazidagi Respublika maydoniga töplandi. Ular mamlakatning sobiq prezidenti, endilikda boş vazir bölib olgan Serj Sargsyanning iste'fosini talab qilişmoqda.

Qayd etilişiça, muxolifat tarafdorlari 21 aprel kuni qölga olingan yetakçilari Armen Grigoryan, David Sanasaryan, 22 yanvar kuni politsiya tomonidan olib ketilgan deputatlar Nikol Paşinyan, Sasun Mikayelyan va Ararat Mirzoyan ozod qilinişidan keyin yanada katta kuç bilan namoyişlarni davom ettirişga qaror qilişgan. Yerevandagi namoyişlar nafaqat mamlakatning boşqa şaharlari, xorijdagi arman diasporalari tomonidan ham qöllab-quvvatlanmoqda.

Endilikda namoyişçilarga Paşinyanning partiyadoşi, «Grajdanskiy dogovor» partiyasi a'zosi Alen Simonyan rahbarlik qilmoqda.

Yerevanda sönggi ikki haftadan beri Serj Sargsyanning boş vazir etib tayinlanişiga qarşi norozilik namoyişlari bölib ötmoqda — Sargsyan sönggi 10 yil davomida mamlakatga prezidentlik qilgan. Sargsyanning prezidentlik davrida Armaniston prezidentlik respublikasi edi, biroq u referendum orqali Konstitutsiyaga özgartiş kiritdi va endi parlamentar respublikaga aylangan Armanistonga yana rahbarlik qila boşladi.

Endi namoyişçilar 17 aprel kuni boş vazir lavozimiga tasdiqlangan Sargsyanning iste'foga çiqarilişini talab qilmoqda. Şu kuni parlamentdagi «Yelk» fraksiyasi deputati Nikol Paşinyan «Baxmal inqilobi» boşlangani haqida e'lon qildi.

Namoyişçilar Yerevandagi köçalarni yopib qöymoqda. 21 aprel kuni namoyişlarning koordinatorlaridan biri Armen Grigoryanga ommaviy tartibsizliklar keltirib çiqariş ayblovi ilgari surilgandi.

22 aprel kuni Serj Sargsyan namoyişçilar rahbari Nikol Paşinyan bilan uçraşuvga keldi, ammo muloqot muzokara bosqiçiga yetib bormasidan sobiq prezident uçraşuv maydonini tark etdi. Şundan söng maxsus xizmatlar namoyişçilarni tarqatib yubora boşladi.

Fotoreportaj: Politsiya Yerevandagi namoyişçilarni tumtaraqay qilmoqda

Şu kuni keçqurun esa köçalarga yuz mingga yaqin kişi çiqdi, bu MDH tarixidagi eng yirik mitingga aylandi.

Foto: Asatur Yesayants / Sputnik / RIA Novosti