Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi Qarori bilan Abdulla Hamidullayeviç Qöldoşev Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida rasmiy xabar berilgan.

Abdulla Qöldoşev bungaça Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yonğin xavfsizligi instituti boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. 2005−2007 yillarda içki işlar vaziri örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan. U biroz avvalroq lavozimdan olingan polkovnik Komiljon Aripov örnini egalladi.

Ayni vaqtda Qöldoşev aynan kimga örinbosarligi ma'lum emas — vazirlik saytida birinçi rahbar lavozimi böş turibdi.

Bundan avvalroq «Kun.uz» manbasi Özbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatçisi Tursinxon Xudoyberganov vazirlikka rahbarlik qilayotgani haqida xabar qilgandi. Ammo bu ma'lumot rasman tasdiqlanmayapti.

Şuningdek, bugun vazirlik saytida ham Tursinxon Xudoyberganov vazir sifatida körsatilgandi, ammo köp ötmay bu ma'lumot saytdan olib taşlandi.