Germaniya sotsial-demokratik partiyasining 150 yillik tarixida uni ilk bor ayol kişi – Andrea Nales boşqaradigan böldi. Bu haqda Tagesschau naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, partiya yetakçisi uçun ovoz berişda 47 yoşli Nales nomzodiga 414 nafar delegat (65 foiz) ovoz bergan. Uning raqibi, Flensburg şahri meri bölmiş Simone Langega 172 nafar yoki 27,5 foiz delegat ovoz bergan. Hammasi bölib ovoz berişda 624 delegat qatnaşgan, ulardan 38 nafari heç qaysi bir nomzodga ovoz bermagan.
Nales avval partiyaning boş kotibi hamda mehnat va jamoatçilik işlari vaziri bölgan.












