Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov davlat taşrifi bilan Özbekistonga keldi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov boşçiligidagi delegatsiya samolyoti “Toşkent” xalqaro aeroportiga qöngan. Aeroportda faxriy qorovul saf tortgan. Turkmaniston rahbarini Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov 2018 yil 23-24 aprel kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi. Ikki tomonlama uçraşuvlar va oliy darajadagi muzokaralarda köp qirrali Özbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantiriş va mustahkamlaş masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinişi rejalaştirilgan. 

Taşrif dasturida davlat rahbarlarining Toşkent şahridagi Aşxobod parkining oçiliş marosimida iştirok etişi közda tutilgan. Xorazm viloyatiga taşrif ham rejalaştirilgan.