AQŞga taşrifi oldidan Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Amerikaning Fox News telekanaliga intervyu berdi. U Rossiya va uşbu mamlakat prezidenti olib borayotgan siyosatga munosabatini bildirib ötgan. AFP va Franceinfo naşrlari intervyudan parçalar e'lon qilgan.
Jurnalist Kris Uollisning savollariga javob berar ekan Emmanyuel Makron Vladimir Putinni «kuçli şaxs» deya ta'riflagan va «heç qaçon uning qarşisida zaif körinmaslik» kerakligini ta'kidlagan: «Agar kuçsiz körinsangiz, u bundan albatta foydalanadi... U kuçli, aqlli va anoyi emas.
Vladimir Putin «hammayoqqa aralaşadi, Yevropada, Qöşma Ştatlarda demokratiyaga zarar keltirişga harakat qiladi, u buni öz mamlakati uçun yaxşi deb hisoblaydi», degan u.
U yana şunday qöşimça qilgan: «U Buyuk Rossiyani istaydi. Rossiyaliklar uning siyosati bilan mağrurlanişadi. U kamçilikka va öz raqiblariga favqulodda ravişda toqatsiz, uning ğoyalari demokratiyaga begona». Şu bilan birga janob Makron «u bilan doimiy aloqalarda» bölib turişini qöşimça qilgan: «Men uni hurmat qilaman. Men uni bilaman. Men uni huşyorlik bilan baholayman».












