Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton uçinçi farzandini dunyoga keltirdi. Tuğuruq jarayoni Londondagi Sent-Meri şifoxonasining «Lindo» akuşerlik bölimida bölib ötdi. Tongdan boşlab bino oldida mahalliy aholi vakillari bölajak farzandning jinsini birinçi bölib biliş maqsadida yiğildi. Angliyaliklar tadbirga katta mas'uliyat bilan yondaşişdi, maxsus liboslarni avvaldan tayyorlab qöyişdi.

Hozir Sent-Meri yonidagi köçada röy berayotgan voqealar festivalni eslatib yuboradi: bölajak vorisning tavalludiga özining aloqadorligini bildiriş böyiça eng keng tarqalgan ğoyalar orasida milliy bayroq rangidagi kostyumlar, erkak va ayol jinsidagi qöğirçoqlar, şuningdek qirollik oilasi fotosuratlari bölgan plakatlar bor.

Londonda şahzoda Uilyam va Kembrij gersoginyasi oilasida yana bir öğilning tuğilişi qanday nişonlanayotgani quyidagi fotoreportajda.

Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay
Foto: Reuters /Hannah Mckay