Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov iştirokida poytaxtdagi Aşxobod sayilgohi oçildi.

Prezident matbuot xizmati xabarida aytilişiça, Maxtumquli köçasida barpo etilgan mazkur park 10 gektardan ortiq maydonni egallagan. Sayilgoh oldi va hududida favvoralar qurilgan. Turkmanistonning ramzi bölgan axalteki otlarining haykallari örnatilgan. Zamonaviy attraksionlar, xuşmanzara daraxtlar, örindiqlar, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş şoxobçalari aholining mazmunli dam olişi uçun qulay şaroit yaratgan. 

«Davlat rahbarlari sayilgohni közdan keçirdi. Turkmaniston Prezidenti özini Aşxobodda yurganday his qilganini ta'kidladi», deyiladi xabarda.

Şavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov boqqa daraxt köçatlari ötqazgan.

Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga davlat taşrifi davom etmoqda.