Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ko‘chani svetoforning qizil chirog‘iga kesib o‘tuvchilar antiqa usulda jazolanmoqda (video)
Xitoyning Xuanshi shahrida piyodalarni ko‘chani svetoforning qizil chirog‘iga kesib o‘tish odatini tashlashlariga chorlovchi qurilma sinovlari boshlandi.
Shahardagi gavjum chorrahalardan biridagi piyodalar o‘tish joyida, trotuar chekkasida infraqizil datchiklari va suv purkagichlari bo‘lgan metall ustunchalar o‘rnatila boshlandi. Qurilma yo‘ldan o‘tish taqiqlangan vaqtda ko‘chani kesib o‘tishga urinuvchi odamlarga suv purkay boshlaydi.
Yangi qurilma xitoylik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida samaraliligi borasida ko‘plab savollar uyg‘otgan. “Unda yomg‘ir vaqtida qizil chiroqqa o‘tish mumkin ekan-da?”, deb kinoya qilgan bir foydalanuvchi. Yana bir foydalanuvchi esa “U yerga kampirlar suv olgani borishlaridan qo‘rqmaydilarmi?” deb qiziqqan.
Avvalroq Xitoyning Dachjou shahrida yo‘l harakati xavfsizligi qoidabuzarlariga internet orqali qilmishlari uchun uzr so‘rab, kamida 20 ta “layk” to‘plasalar, jarima to‘lamasliklariga ruxsat berilgandi. Ta'kidlanishicha, bu tajriba piyodalar, velosipedchilar va motorollerlar haydovchilari sodir etadigan mayda qoidabuzarliklarga taalluqli.
Mavzuga oid
17:41
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026