Özbekiston Respublikasi hukumatining 2018 yil 20 apreldagi farmoyişi bilan 2018 yil aprel oyining 21, 22, 28 va 29 sanalari – şanba va yakşanba kunlari bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini qonunçilikda belgilangan tartibda işga jalb qilişga ruxsat berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib ötamiz, mehnat qonunçiligiga köra xodimga:
 
iş vaqtidan taşqari işlar, dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi;

tölanadigan haqning aniq miqdori jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, — iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilanadi;

dam oliş kunidagi iş xodimning xohişiga qarab boşqa dam oliş kuni (otgul) beriş bilan qoplanişi mumkin;

dam oliş kunidagi iş yoxud iş vaqtidan taşqari bajarilgan iş uçun boşqa dam oliş kuni berilgan taqdirda, bunday işlar uçun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi tölanadi.