Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilişiça, respublika rahbari vakolatlarini topşiriş va xalq hamda davlat himoyasiga turişga tayyor. Bu haqda u «Rossiya 24» telekanali efirida aytib ötgan.

«Men siyosatga xuddi jangçi kabi keldim. Hamda mening eng sevimli işim – jang qilgan holda, xalq va davlatni himoya etiş. Şuning uçun biz istalgan qiyinçilik darajasidagi buyruqni bajarişga tayyormiz – oliy boş qömondon nima desa, öşa yuz beradi. Bizning yigitlar tayyor. Mening fikrimça, biz, generallar, sub'yektlar rahbarlari lavozimidan voz keçişimiz va mamlakatimiz yaxlitligini himoya qilib, oldinga qarab harakatlanişimiz kerak», - deya aytib ötdi Qodirov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qodirov Suriyadagi vaziyatni Çeçeniston voqealari bilan tenglaştirgandi.