Joriy yilning 21 aprel kuni Qozoğiston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani hududida yöl-transport hodisasi yuz bergani, buning oqibatida Özbekiston Respublikasi fuqarolari jabrlangani xabar qilingandi.

2018 yilning 23 aprel kuni soat 6:00da Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasidagi elçixonasi vakili boşçiligida 5 nafar jabrlangan va 2 nafar vafot etgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanga olib kelindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Toşkent viloyati «Ğiştköprik» çegara postida Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar, Soğliqni saqlaş vazirliklari vakillari tomonidan ularni kutib oliş işlari taşkillaştirildi. Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilganidan söng, Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar vazirliklari vakillarining kuzatuvi bilan Soğliqni saqlaş vazirligining maxsus transportida ikki nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari Farğona viloyatiga yetkazilib, yaqin qarindoşlariga topşirildi.

Beş nafar jabrlangan Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga davolaniş uçun joylaştirildi.

Hozirgi vaqtda Davlat Madatov (1987 y.t.) hamda Baxtiyor Xolmirzayev (1994 y.t.) Qozoğiston Respublikasining Korday tumanidagi Markaziy şifoxonada malakali tibbiy yordam olişmoqda.