Saudiya Arabistonining Makka munitsipialligi vitse-prezidenti Fahd ar-Rukiy Misr terma jamoasi va «Liverpul» hujumçisi Muhammad Salohga Angliya premer-ligasining eng yaxşi futbolçisi deb topilgani munosabati bilan, unga sovğa sifatida Makka şahridan yer sovğa qilişini e'lon qildi. Bu haqda mahalliy «Sabq» naşri xabar tarqatdi.
Vitse-prezidentning ma'lum qilişiça, hozirda uşbu tortiqni Salohga qanday yetkazib beriş şartlari örganilmoqda. Agar mamlakat hududida Salohning yerga egalik huquqi bölsa, unga Haram taşqarisidan maxsus yer ajratiladi. Yana bir variant sifatida öşa hududda Saloh nomiga masjid barpo qiliş körsatilmoqda.
Şuningdek Rukiyning qöşimça qilişiça, uçinçi variant sifatida öşa yerni sotib, agar Salohni olişni istasa unga bu pulni taqdim etişdan iborat.
Eslatib ötamiz, Saloh ötgan kuni Angliya professional futbolçilar assotsiatsiyasi tomonidan premer-liganing joriy mavsumdagi eng yaxşi futbolçisi deb topilgandi. Ayni vaqtda uning hisobida premer-liga öyinlarida kiritilgan 31ta gol bor. Yana bitta gol, uning töpurarlar uçun rekordni yangilaşini ta'minlaydi.











