Tergovçilar Torontoda mikroavtobusning piyodalar ustiga haydab borilişi böyiça işda terrorizmni asosiy sabab sifatida körişmoqda. Bu haqda Reuters AQŞ xavfsizlik tuzilmalaridagi manbaga asosan xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga köra, hodisa şunçaki baxtsiz voqea bölgani katta şubhaga sabab bölmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Torontoda mikroavtobusning piyodalar ustiga haydab borilişi oqibatida jabrlanganlardan biri hayotdan köz yumgani, şu tariqa, hodisa qurbonlari soni 10 kişiga yetgani xabar qilingandi. 

Torontoda oq tusli mikroavtobus piyodalar yölkasiga çiqib, yölovçilarni urib ketgan. Favqulodda hodisa şaharning Yong-strit va Finç avenyu köçalari kesişmasida sodir bölgan. Politsiya uşbu xatti-harakatni amalga oşirgan haydovçini uşlagan.