Aliment oliş huquqiga ega bölgan şaxs, aliment talab qiliş huquqi vujudga kelganidan söng qança muddat ötganidan qat'i nazar, xohlagan vaqtda aliment undiriş talabi bilan sudga murojaat qilişi mumkin, deb yozmoqda “Inson va qonun” naşri.

Mazkur şaxs, nizo bölmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uçun aliment undiriş töğrisidagi ariza bilan sudga murojaat etişga haqli.

Sudga murojaat qiliş tartibi quyidagiça:

Eng avvalo, undiruvçi, sud buyruği çiqariş töğrisidagi arizani yozişi kerak. Unda quyidagi ma'lumotlar körsatilişi şart:

1) ariza berilayotgan sud nomi;
2) undiruvçining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yaşaş joyi;
3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yaşaş joyi;
4) undiruvçining talabi va talabga asos bölgan holatlar;
5) arz qilingan talabni tasdiqlovçi, ilova etilayotgan hujjatlar röyxati.

Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab undiriladi.

Agar ta'minot uçun mablağ oliş çoralari sudga murojaat qilingunga qadar körilganligi, ammo aliment tölaşi şart bölgan şaxsning uni tölaşdan boş tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, ötgan davr uçun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab uç yillik muddat doirasida undirib olinişi mumkin.

Aliment tölaşi şart bölgan şaxsning iş joyidagi iş beruvçi yoki pensiya, nafaqa, stipendiya olayotgan joyidagi taşkilot ma'muriyati aliment tölaş töğrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelişuvga yoki ijro varaqasiga asosan aliment tölaşi şart bölgan şaxsning iş haqidan va (yoki) boşqa daromadidan har oyda aliment uşlab qolib, aliment tölaşi şart bölgan şaxsga iş haqi tölangan va (yoki) boşqa daromadlar olingan kundan boşlab, uç kundan keçiktirmay aliment oluvçi şaxsga aliment tölaşi yoki aliment tölaşi şart bölgan şaxsning hisobidan unga ötkazişi şart.

Aliment qarzining miqdori davlat ijroçisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment tölaş töğrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelişuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib çiqqan holda aniqlanadi.
Oila kodeksiga köra voyaga yetmagan bolalarga tölanadigan aliment qarzining miqdori aliment tölaşi şart bölgan şaxsning iş haqi va (yoki) boşqa daromadi miqdoridan kelib çiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uçun hisoblab çiqiladi.