Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda yana mojaro: parlamentga navbatdan tashqari saylovlar boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkin
Armaniston bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karen Karapetyan mamlakat parlamentiga navbatdan tashqari saylovlarni boshqa muddatga ko‘chirish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda u matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».
«Bir savol - "xalq nomzodi" nimani anglatadi? Men bosh vazir shunday tanlanadigan davlatni bilmayman. Buning uchun saylovlar bor. Kimdir Pashinyanni [muxolifat yetakchisi] xohlaydi, kimdir boshqasini. Biz nima qilishimiz kerak? Shuning uchun navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazishni taklif qilyapmiz. Agarda xalq nomzodi bo‘lsa, demak, xalq aynan uni tanlaydi», - deya aytib o‘tdi Karapetyan Pashinyanning xalq nomzodi bosh vazirga aylanishi kerakligi haqidagi so‘zlariga izoh berib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston bosh vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karen Karapetyan muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan bilan rejalashtirilgan uchrashuv chorshanba, 25 aprel kuni o‘tkazilmasligi haqida ma'lum qilgandi. Bunga hukumatga qo‘yilgan yangi talablar sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:54 / 12.01.2026
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
09:45 / 30.12.2025
Armaniston va Turkiya vizaviy tartibni qisman soddalashtirdi
10:11 / 29.12.2025