Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda muxolifat saylovlarda qanday shartda ishtirok etishini ma'lum qildi
Foto: Armeniasputnik
Armanistonda muxolifat parlamentlik saylovlarini boykot qiladi. Bu, agarda saylovlar hukmron Armaniston Respublika partiyasidan bo‘lgan bosh vazir ishtirokida o‘tsa yuz beradi, deya ma'lum qildi norozilik harakati yetakchisi Nikol Pashinyan.
Pashinyan Facebook’da joylashtirilgan videomurojaatda bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi Karen Karapetyanning navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.
"Ular saylovlar bosh vazir vazifasini bajaruvchi Armaniston Respublika partiyasidan vakil bo‘lgani holda o‘tishini xohlashmoqda. Bu saylovlar qanday o‘tishini esa biz 2017 yilda ko‘rdik... Biz bu saylovlarni shunchaki boykot qilishimiz mumkin. Shu bilan birga, bu boykotda saylov uchastkalari to‘sib qo‘yiladi va Armaniston Respublika partiyasining uyg‘onishi bo‘yicha tadbirlar tashkil etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi", - deya ta'kidlab o‘tdi Pashinyan.
Uning bildirishicha, muxolifat mitinglari talablar bajarilmagunga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda parlamentga navbatdan tashqari saylovlar boshqa muddatga ko‘chirilishi mumkin ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:36
AQSh va Armaniston tinch atom bo‘yicha hamkorlikni boshladi
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
15:20 / 05.02.2026