Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerevanda “kastryul-cho‘mich” aksiyasi bo‘lib o‘tdi
Foto: RIA Novosti
Yerevanda oxirgi kunlarda ikkinchi marta “kastryul-cho‘mich” aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
24 aprelda mahalliy vaqt bilan roppa-rosa soat 23:00da mahalliy aholi norozilik sifatida o‘z uylari oynalaridan tashqariga cho‘zilib, cho‘michlar bilan kastryullarga ura boshlashgan. Aktsiya 15 daqiqa davom etgan.
Birinchi marta bunday aksiya 22 aprelda katta ko‘lamli norozilik mitingidan keyin o‘tgandi.
24 aprelda muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan mamlakatning yangi yetakchisi hukmron partiyadan emas, balki oddiy xalq orasidan bo‘lishi, parlamentga muddatdan avvalgi saylovlar tez orada o‘tishi kerakligini, bu talablar bajarilmaguncha namoyishchilar ko‘chada qolishlarini aytgan. Jumladan, u o‘zi ham mamlakat rahbari bo‘lishga tayyorligini aytgan.
Pashinyan 25 aprel ertalab Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Karen Karapetyan bilan uchrashishi kerak edi. Biroq u boshchilik qiluvchi “Fuqarolik kelishuvi” partiyasi matbuot kotibi muzokaralar bekor qilingani va qachon bo‘lib o‘tishi noma'lumligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
15:17 / 19.01.2026
Eron hokimiyati namoyishlar vaqtida 5000 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi
21:00 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlar: qurbonlar soni minglab bo‘lishi mumkin
09:53 / 13.01.2026
Eron TIV namoyishlar haqidagi bayonotlar sabab yevropalik elchilarni chaqirtirdi
08:43 / 12.01.2026